ChatGPT’dan bepul ham foydalanish mumkin. Unda nega millionlab odamlar oyiga $20 to’lab, ChatGPT Plus’ga o’tadi? Quyida farqlarni sodda qilib tushuntiramiz.

Asosiy farqlar jadvali

Imkoniyat ChatGPT (bepul) ChatGPT Plus
Eng kuchli modellar Cheklangan Kengaytirilgan kirish
Xabarlar limiti Past, tez tugaydi Ancha yuqori
Rasm yaratish Kunlik cheklov bilan Ko’proq
Deep Research Juda cheklangan Bor
Ovozli rejim Asosiy Kengaytirilgan
Custom GPT yaratish Yo’q Bor
Narxi Bepul $20 / oy

Bepul versiya kimga yetarli?

  • Haftada bir necha marta oddiy savol beradiganlar
  • Qisqa tarjima yoki matnni tekshirish kerak bo’lganlar
  • ChatGPT bilan endi tanishayotganlar

Bepul versiyada limit tugasa, ChatGPT kuchsizroq modelga o’tadi yoki bir necha soat kutishni so’raydi. Vaqti-vaqti bilan foydalansangiz, bu sezilmaydi.

Plus qachon arziydi?

  • Har kuni ishlasangiz. Limitlar ish kunining o’rtasida tugab qolmaydi.
  • Uzun va murakkab vazifalar. Hisobot, tahlil yoki katta hujjat ustida ishlashda kuchliroq modellar sezilarli darajada yaxshiroq natija beradi.
  • Rasm kerak bo’lsa. SMM, taqdimot va dizayn g’oyalari uchun rasmlarni ko’proq yarata olasiz.
  • Tadqiqot. Deep Research o’nlab manbalarni o’qib, havolali hisobot tayyorlaydi.

Oddiy hisob: agar ChatGPT sizga kuniga kamida 15–20 daqiqa vaqt tejasa, Plus bir oyda o’zini oqlaydi.

O’zbekistonda ChatGPT Plus’ni qanday olish mumkin?

OpenAI faqat xalqaro kartalarni (Visa, Mastercard) qabul qiladi. Uzcard yoki Humo bilan to’g’ridan-to’g’ri to’lab bo’lmaydi. Getory bu muammoni hal qiladi: siz ChatGPT Plus’ni so’mda Telegram bot orqali to’laysiz — kartaga o’tkazma, Payme yoki Click bilan.

Batafsil: Visa kartasiz AI obunasi qanday olinadi.